Skip to content Skip to footer

Abdul-Baho Maqbarasi: g‘arbiy pog‘ona-peshtoqning pastki qismidagi ishlar yakunlanmoqda.(yakuni yaqinlanmoqda)

15-Noyabr 2022-yil

G‘arbiy pog‘onaning pastki qismidagi ishlar yakunlanmoqda, pog‘onani tugatgandan so‘ng,  Abdul-Bahoning muqaddas xoklari (abadiy) dafn etilgan Markaziy binoni qoplaydigan ayvon (yopiq so‘ri) bilan bog‘lanadi. 

Maqbara atrofidagi ishlarning borishi quyidagi fotosuratlarda ko‘rsatilgan.

Pog‘onalarni tayyorlashda avval penapolistirol (EPS)dan tayyorlangan bloklar yig‘iladi va nishablik yaratish uchun qatlam va qatlam teriladi. Keyin tekis va mustahkam sirt hosil qilish uchun maydalangan tosh maxsus nasos yordamida qolipga to‘ldiriladi. So‘ngra betonni toshdan ajratib turadigan oraliq material qatlami bo‘ladi. Ushbu materialning ustiga betonni mustahkamlash uchun armatura qo‘yiladi, u (beton) oxirida yuqoridan quyiladi. Beton qoplamashunday yaratilganki, kichikroq xizmat avtomobillari hech qanday xavf-xatarsiz, unga zarar bermasdan pog‘ona-peshtoq bo‘ylab harakatlana oladi. Tugatilgandan so‘ng, pog‘ona-peshtoq yuqori qatlam tuprog‘i bilan qoplanadi, so‘ngra maysa, o‘t, butalar va boshqa o‘simliklar ekiladi.

G‘arbiy pog‘ona-peshtog‘i aloxida ajratilgan holda Maqbaraning dizayn konsepsiyasi namoyishi.

Pog‘onani asl shaklga keltirish uchun, penopolistirol qolip kran yordamida joylashtirilmoqda.

Maydalangan tosh kran yordamida qolipga to‘kilmoqda

Ishchilar penopolistirol qolipga maydalangan tosh to‘kib, qiyalikni tekislab, beton quyish uchun tayyorlashmoqda.

Oraliq ajratma materiali va armatura g‘arbiy pog‘onani qoplaydi.

G‘arbiy pog‘onaning yoysimon devori, maydon sathiga suv sizishini oldini olish uchun qo‘shimcha ravishda suv o‘tkazmaydigan (gidroizolyasiya) qilinadi.

Pog‘ona nishobligiga beton quyiladi.

Quyosh ufqdan pastga tushayotganda, g‘arbiy pog‘ona peshtoqning ko‘rinishi. Uzoqda, ko‘rfaz ortidan, Hayfa ko‘rinadi.

Torkret-betonni mustahkamlash uchun Sharqiy pog‘onadagi devorga qo‘shimcha armatura qo‘yilgan, u quyilmaydi, sepiladi.

Maydonchada ayvon uchun qolip tayyorlanmoqda. Penopolistirol bloklari buning uchun zarur bo‘lgan aniq o‘lchamlarga kesiladi. Keyin bloklar shishatola bilan mustahkamlanadi, bu esa beton quyish uchun tayyorgarlik bosqichida, armaturani o‘rnatishda ishchilarga qoliplar bo‘ylab yurish imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda sharqiy pog‘ona, ayvon uchun penopolistirol qoliplarini tayyorlashda vaqtinchalik maydoncha sifatida ishlatilmoqda.

Hozirda, bitganidan so‘ng ayvonni ko‘tarib turadigan markaziy ustunlar atrofida havvoza o‘rnatilmoqda.

Tez orada Shimoliy maydondagi gulzorlar qurib bitkaziladi. Ular suv o‘tkazmaydigan qora modda bilan qoplangan va hozirda gidroizolyasiyani quyosh nurlanishidan himoya qilish uchun usti yopilgan.

G‘arbiy pog‘ona-peshtoqni yoritib, quyosh O‘rta yer dengizi uzra botmoqda

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan