Skip to content Skip to footer

Abdul-Baho vafotining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotirlash kechasi

Toshkent, 28 yanvar 2022 yil – O‘zbekiston Bahoiy jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Bahoiy E’tiqodining asoschisi, Bahoullohning o‘g‘li Abdul-Baho vafotining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotirlash kechasini tashkil etdi.
Tadbirda hukumat va jamoat arboblari, OAV, diniy birlashmalari, san’atkorlar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. O‘zbekistondan tashqari yana 181 mamlakatda xotirlash kechasi o‘tkazildi.
Bundan yuz yil muqaddam Bahoullohning o‘g‘li va Ul Zot ta’limotining mukammal namunasi bo‘lgan Abdul-Baho bu dunyoni tark etdi. U insoniyat tarixida noyob Shaxs, umuminsoniy tinchlik himoyachisi edi. Bundan bir asrdan oshiqroq vaqt muqaddam Abdul-Bahoning jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi umuminsoniy tamoyillarni e’lon qilishdagi beqiyos hissasi dunyoning etuk mutafakkirlari tomonidan bir necha bor qayd etildi. Ul Zot ijtimoiy va iqtisodiy adolatni ilgari surdi. Ul Zot bugungi kunda ko‘tarilayotgan zamonaviy munozaralar – insoniyatning birligi va uning uzviy birlashuvi, voqelikni mustaqil o‘rganish, erkaklar va ayollar tenghuquqligi, fan va dinning hamohangligi, xurofot va jaholatning har qanday ko‘rinishiga barham berish hamda jamiyatdagi zo‘ravonlik darajasini pasaytirish maqsadida umumiy ta’lim va ma’rifatning boshlanishiga asos soldi. Ul Zot umuminsoniy tinchlik g‘oyalarini ishonarli va ta’sirchan targ‘ib qildi; Ul Zot mahalliy hamjamiyatlarda bo‘lib, dunyoning turli tashkilotlarida, universitet, cherkov, sinagoga va masjidlarda, uyushma va assosiasiyalarda nutq so‘zladi, taniqli davlat arboblari, dinshunos va olimlar bilan uchrashdi.
Ul Zot vafotining 100 yilligini xotirlab Abdul-Bahoning hayoti, Uning o‘tmishda ham, hozirgi zamonda ham odamlarga ko‘rsatgan chuqur ta’siri haqida hikoya qiluvchi “Namuna” nomli badiiy fil’m tadbirimizda ko‘rsatildi.
Abdul-Bahoning butun insoniyat uchun panoh, qalqon va qo‘rg‘on sifatida benazir ekanligi hissi, Ul Zot bilan muloqotda bo‘lib o‘z hayotlarini jamiyatni yaxshilashga bag‘ishlagan ayrim kishilarning so‘zlarida o‘z aksini topadi.
Filmni tomosha qilgandan so‘ng, mehmonlar bir-birlari bilan norasmiy do‘stona muloqotni davom yettirish hamda Abdul-Bahoning sivilizasiyaga qo‘shgan hissalari va Ul Zot ilgari surgan tamoyillar jamiyatimizni birlashtirishga qanday yordam berishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashish uchun furshet zaliga taklif qilindi.

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan