Skip to content Skip to footer

O‘zbekiston xududida ilk Bahoiylar 19-asr oxirlarida, Bahoullohning izdoshlari qatagʻonga uchrab, Forsdan Turkiston hududiga koʻchishga majbur boʻlgan paytda paydo boʻla boshlagan.

Tez orada Ashxobodda qoʻnim topgan kichik jamoa kengaya boshlaydi va birinchi ehromni, — yonida boshqa muassasalari: maktablar, kasalxonalar, bosma nashrlar va ayollar maktabi joylashgan Ibodatgoh quriladi. 

Asta-sekin bahoiy jamoalari dastlab Samarqandda, keyin Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshlaydi. Bu erda ular Forsdagiga nisbatan ancha keng erkinliklarga ega boʻlib, oʻzlarining insonparvarlik va maʼrifatparvarlikka oid vazifalarini amalga oshira boshlaydilar. Taʼlimotning maʼnaviy va ijtimoiy tamoyillarini oshkora amalda  qoʻllagan bu jamoa aʼzolari atrofdagilarning hurmatini qozonib, har bir ishni nihoyatda halol va sidqidildan bajaradigan insonlar sifatida katta nufuz orttirgan edilar.

 

Taxminan 1918 yilda Toshkentda 1900-ga yaqin bahoiylar bor edi. Sobiq Ittifoqda dinga zulm siyosati davrida jamoalar qisqarib ketdi — 1963 yilga kelib butun SSSRda 200 ga yaqin bahoiylar bor edi.

Samarqand va Ashxobod Bahoiy Jamoalari

1980-yillargacha Sovet Ittifoqi boʻylab Bahoiy eʼtiqodi yana oʻsishni boshlaganiga qadar kam narsa maʼlum. 1991 yilda Sovet Ittifoqining Bahoiy Milliy Ruhiy Majlisi saylandi, lekin tezda uning sobiq aʼzolari orasida boʻlinib ketdi. 1992 yilda Ashxobodda joylashgan butun Markaziy Osiyo Mintaqaviy Milliy Ruhiy Majlisi tuzildi.

1994-yilda Oʻzbekiston Milliy Ruhiy Majlisi saylandi. 2008 yilda sakkizta Bahoiy Mahalliy Ruhiy Kengashlari yoki undan kichikroq guruhlar hukumatdan roʻyxatdan oʻtgan.

Bahoiy tarixi XIX asr, Hazrati Bahoulloh izdoshlari qatag’on qilingan va Forsdan Turkiston hududiga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan paytdan boshlanadi.

Ko’p o’tmay, Ashxobodda joylashgan kichik bir jamoa kengayib, eng birinchi Ibodat Uyini qurishni boshladi, uning yonida boshqa institutsional tuzilmalar: maktab, kasalxona va bosma nashrlar joylashgan edi.

Bahoiy jamoalari asta-sekin Samarqand, Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshladi. Bu yerda ular Forsga qaraganda ancha katta erkinlikka ega edilar va o’zlarining gumanitar  hamda ma’rifiy vazifalarini bajara oladilar. Ta’limning ma’naviy va ijtimoiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq ta’kidlagan va amalda qo’llagan jamoa a’zolari atrofdagilar tomonidan hurmatga sazovor va nihoyatda halol hamda ishonchli obro’ga ega edilar.

Sovet davri

Bahoullohning hayotlik davrida Mirzo Abul-Fazl tashrif buyurgan paytlarda Samarqandda Bahoiy Eʼtiqodi mavjud boʻlgan. Mirzo Abul-Fazl 1892 yili Samarqandda boʻlganida Tabrizlik Mirzo Haydar Alining savollariga javoban “Fasl-ul-Xitob” („Ishonchli dalillar“) kitobini yozadi. Shuningdek u Samarqandda ayrim protestant targʻibotchilariga ham dalillarni zohir etadi. 1910-yilda Samarqand Bahoiylar jamoasi oʻzining ilk Mahalliy Ruhiy Majlisini saylaydi, hamda maktab tashkil etadi va markaz quradi.

Lavhlaridan birida Abdul-Baho Samarqand jamoasiga shunday yozadi:

“… Qay davrda dunyoga kelib, qay asrda yashayotganingizni anglaysizmi? Ushbu davr Muborak Komillik davri va ushbu asr Ulugʻvor Ism zamonidir! … Gar biz ushbu zamonda baxtiyor va shodon boʻlmasak, unda yana qay zamonni kutib va yana qay vaqtni izlashimiz kerak? Bu zamon ulgʻayish zamoni; Bu zamon shodiyona majlislar zamoni!…

Община-Бахаи-Ташкент-1932-1 Toshkent Bahoiy jamoasi, 1932y
 

Toshkentda Bahoiylar jamoasi kutubxona, fors va rus tillari maktablarini qoʻllab-quvvatlab, taxminan 1.900 ga yaqin aʼzolari boʻlgan, davlat organlarining ruxsati bilan katta yigʻilishlarni oʻtkazgan. Toshkentda kutubxona — oʻquv zali va „Vahdat“ („Birlik“) nomli bahoiy nashriyoti ochilgan. 1916-yilda nashr etilgan Bahoullohning fors va arab tillaridagi duolari va bitiklari bugungi kunga qadar saqlanib kelmoqda. 1938 yilga kelib, koʻplab hibsga olishlar va dinga qarshi zulm siyosatidan butun Sovet Ittifoqi boʻylab bahoiylar qamoqxonalar va lagerlarga surgun qilingan. SSSRning 38ta shahridagi bahoiy jamoalari oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Toshkentda bahoiylar soʻroq qilinib, qamoqqa olingan. Toshkentlik Habibullo ogʻa Bokirov „Shimoliy dengiz va qutb oʻrmonlari yaqinida“ oʻn yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Din taqiqlanganidan keyin Bahoiylar jamoasi hukumat qonunlariga boʻysunishdek oʻz tamoyiliga qatʼiy amal qilib, maʼmuriy boshqaruvdan voz kechadi, jamoaning mulki esa davlat mulkiga aylantiriladi. 1946 yilga kelib butun Turkistonda faqat Ashxobod, Samarqand va Toshkentdagi jamoalar saqlanib qoladi. Faqat 1963 yilga kelib SSSRda iliqlik deb ataladigan vaqt boshlanishi bilangina moʻminlar bayramlar va muqaddas kunlarni nishonlash uchun yigʻilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Boshqa mamlakatlardagi jamoalar bilan uzilgan aloqalar tiklana boshlaydi.

Oʻzbekiston Bahoiy Jamoasi

Oʻzbekiston xududida ilk Bahoiylar (kirillcha “баҳоийлар”, “баҳоийликлар”) 19-asr oxirlarida, Bahoullohning izdoshlari qatagʻonga uchrab, Forsdan Turkiston hududiga koʻchishga majbur boʻlgan paytda paydo boʻla boshlagan.

Tez orada Ashxobodda qoʻnim topgan kichik jamoa kengaya boshlaydi va birinchi ehromni, — yonida boshqa muassasalari: maktablar, kasalxonalar, bosma nashrlar va ayollar maktabi joylashgan Ibodatgoh quriladi. 

Asta-sekin bahoiy jamoalari dastlab Samarqandda, keyin Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshlaydi. Bu erda ular Forsdagiga nisbatan ancha keng erkinliklarga ega boʻlib, oʻzlarining insonparvarlik va maʼrifatparvarlikka oid vazifalarini amalga oshira boshlaydilar. Taʼlimotning maʼnaviy va ijtimoiy tamoyillarini oshkora amalda  qoʻllagan bu jamoa aʼzolari atrofdagilarning hurmatini qozonib, har bir ishni nihoyatda halol va sidqidildan bajaradigan insonlar sifatida katta nufuz orttirgan edilar.

Taxminan 1918 yilda Toshkentda 1900-ga yaqin bahoiylar bor edi. Sobiq Ittifoqda dinga zulm siyosati davrida jamoalar qisqarib ketdi — 1963 yilga kelib butun SSSRda 200 ga yaqin bahoiylar bor edi.

1980-yillargacha Sovet Ittifoqi boʻylab Bahoiy eʼtiqodi yana oʻsishni boshlaganiga qadar kam narsa maʼlum.[3] 1991 yilda Sovet Ittifoqining Bahoiy Milliy Ruhiy Majlisi saylandi, lekin tezda uning sobiq aʼzolari orasida boʻlinib ketdi.[3] 1992 yilda Ashxobodda joylashgan butun Markaziy Osiyo Mintaqaviy Milliy Ruhiy Majlisi tuzildi.

1994-yilda Oʻzbekiston Milliy Ruhiy Majlisi saylandi.[2] [5] 2008 yilda sakkizta Bahoiy Mahalliy Ruhiy Kengashlari yoki undan kichikroq guruhlar hukumatdan roʻyxatdan oʻtgan.

Bahoiy tarixi XIX asr, Hazrati Bahoulloh izdoshlari qatag’on qilingan va Forsdan Turkiston hududiga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan paytdan boshlanadi.

Ko’p o’tmay, Ashxobodda joylashgan kichik bir jamoa kengayib, eng birinchi Ibodat Uyini qurishni boshladi, uning yonida boshqa institutsional tuzilmalar: maktab, kasalxona va bosma nashrlar joylashgan edi.

Bahoiy jamoalari asta-sekin Samarqand, Toshkent va Buxoroda vujudga kela boshladi. Bu yerda ular Forsga qaraganda ancha katta erkinlikka ega edilar va o’zlarining gumanitar  hamda ma’rifiy vazifalarini bajara oladilar. Ta’limning ma’naviy va ijtimoiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq ta’kidlagan va amalda qo’llagan jamoa a’zolari atrofdagilar tomonidan hurmatga sazovor va nihoyatda halol hamda ishonchli obro’ga ega edilar.

Qo’qon bahoiylari va jadidlari

Samarqand Bahoyi Jamoasi

80-yillarning oxiriga kelib, hozirgi O’zbekiston hududida allaqachon 70 ga yaqin Bahoiylar mavjud edi. Toshkentda kutubxona, o’qish zali hamda „Vahdat“ („Birlik“) nomli Bahoiy nashriyoti ochildi. 1916-yilda Hazrati Bahoullohning fors va arab tillarida yozgan ibodatlari va bitiklari nashr etilib, bugungi kungacha saqlangan.

Vadud Mahmud va uning katta qiz farzandi

Vadud Mahmud

Qo’qon bahoiylari va jadidlari

Samarqand Bahoiy Jamoasida ayol va bolalar

Samarqand va Ashxobod Bahoiy Jamoalari

Toshkent Bahoiy Jamoalari

Sovet Ittifoqi davrida Bahoiy jamoalari

Ko’p yillar davomida bahoiy haqida zikr qilish qattiq jazoga olib kelishi mumkin edi hamda repressiyalar paytida Samarqand va Toshkent jamoalarining ko’plab a’zolari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan yoki surgun qilingan. 1936-yilgacha Sovet hukumatining qatag’onlariga qaramay, Bahoiy jamoalari Toshkent, Samarqand va Buxoroda, shu jumladan ayollar va bolalar faoliyat yuritgan. 1937-yildan keyin jamoalarning faoliyati to’xtatildi.

1963-yildan boshlab, SSSR davrida taqvodorlar bayram va muqaddas kunlarni nishonlash uchun to’planishlari mumkin edi. Boshqa mamlakatlar jamoalari bilan yo’qolgan aloqalar tiklana boshladi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Bahoiy jamoalari

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng va 1991-yilda qabul qilingan „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida“ gi qonun asosida va taqvodorlarning sa’y-harakatlari orqali Samarqand, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Jizzak, keyinchalik Oxangaron va Namanganda rasmiy ravishda ro’yxatdan o’tkazildi, shuningdek mahalliy kollegial (Mahalliy Ruhoniy Kengash deb ataluvchi) boshqaruv organlari sifatida saylandi.


Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan

Go to Top