Skip to content Skip to footer

Oila va bolalar

Oila inson jamiyatining negizi bo‘lmish ijtimoiy birlikdir. U tahsinga loyiq fazilatlar va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun muhim sharoitni ta’minlaydi. O‘zining hamohanglikda ish yuritishi, shuningdek o‘z a’zolarini bog‘laydigan muhabbat rishtalarini rivojlantirish va asrash orqali u, shaxs farog‘ati boshqalarning taraqqiyoti va farog‘ati bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi doimiy haqiqatni izhor etadi.

Oilaning muhim roli – ham o‘z shaxsiy ruhiy rivoji va ham o‘zining sivilizatsiya taraqiyotiga hissa qo‘shishda ishtiroki uchun ma’suliyatli bo‘ladigan bolalarni tarbiyalashdir. Abdul-Baho ta’kidlaydilarki,  bolaning onasi va otasi ” o‘z burchi sifatida … qizi va o‘g‘lining tarbiyasi uchun bor kuchi bilan harakat qilishi lozim”; Bahoiy ota-onalar o‘z farzandalarini tarbiyalashda asosiy ma’suliyatni ko‘tarar ekan, bu boradagi o‘z burchini har qachon yodda saqlashlari kerak. Biroq, bolalar ta’lim-tarbiyasi nafaqat ota-onaning majburiyatidir. Ularni o‘rab turgan jamoaning ham bunda tutgan o‘z muhim o‘rni bor va Bahoiy jamoasi bu mavzuga katta e’tibor qaratadi. Darhaqiqat, bolalar uchun o‘tkaziladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya darslari hamma uchun ochiq bo‘lib, odatda, Bahoiylar o‘z turar joylarida boshlaydigan birinchi faoliyat turiga kiradi.