Skip to content Skip to footer

O’zbekistonda bag’rikenglik g’oyalarini faol targ’ibi uchun faxriy yorliq

2019 yil 5 dekabr. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi mamlakatda dinlararo bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni rivojlantirishda faol ishtirok etganliklari uchun Bahoiy jamoasiga Faxriy yorliq topshirdi.

 Konfessiyalararo kengashning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi bilan navbatdagi yig’ilishida respublikamizning 15 ta diniy konfessiya vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuniga bag’ishlandi.

Uchrashuvda diniy tashkilotlar sohasidagi yutuqlar, shuningdek, jamiyatni liberallashtirishga qaratilgan islohotlar qayd etildi.

Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi mamlakatda dinlararo bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni rivojlantirishda faol ishtirok etgani uchun oltita diniy tashkilot, shuningdek Injil jamiyati va diniy seminariya vakillariga ham faxriy yorliqlar topshirdi.

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan