Skip to content Skip to footer

O‘zbekiston bahoiy jamoasining ta’ziya bildirishi

O‘zbekiston Bahoiy jamoasi, O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi Raisi,  taniqli din arbobi,  Muftiy  Usmonxon Alimovning bevaqt vafotlari tufayli chuqur qayg‘uda. Ushbu og‘ir judolik munosabati bilan mamlakatimizning barcha fuqarolariga chin yurakdan hamdardligimizni bildiramiz. Mamlakatda va xalqaro maydonda tinchlik, bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik g‘oyalarini targ‘ib etishda erishgan yutuqlariga baho berish qiyin. Aminmizki, xushfe’lligi, ajoyib ma’naviyati va saxiy qalbi u kishini tanigan har bir shaxsning yodida uzoq vaqt qoladi. 

 Ishonchingiz komil bo‘lsinki, u kishining olijanob ruhlari Ollohning Olamlari bo‘ylab abadiy safarlarida rivoj topishi uchun duo va ibodatdamiz. Biz, shuningdek, u kishining hamkasblari va safdoshlari, yaqinlari va qarindoshlariga bu og‘ir judolik  vaqtda,  Ollohning rahmati va madadi bilan, sabr va osoyishtalik topishlarini so‘rab, duo qilamiz. 

O‘zbekiston Bahoiy jamoasi

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan