Skip to content Skip to footer

Dinning birlashtiruvchi o‘rni

O‘zbekiston Hukumati tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham O‘zbekiston Bahoiylar jamoasining yangilangan, farovon va bag‘rikeng jamiyat qurish, barqarorlik va tinchlikka intilish bo‘yicha qarashlari bilan hamohangdir, biz buni olqishlaymiz va har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugungi e’tirozli fundamental o‘zgarishlar dunyosida yasharkanmiz, biz o‘z vazifamiz va o‘rnimizni qayta ko‘rib chiqishimiz va ushbu o‘zgaruvchan dunyo bizning oldimizga qo‘yadigan ko‘plab savollarga javob berishimiz kerak. Masalan, quyidagilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dinning jamiyat va umuman sivilizatsiya rivojlanishidagi o‘rni bilan 
bog‘liqdir:

– Nima uchun insoniyat dunyoviy dinlarga asos solgan ko‘plab ilohiy zuhurlar bilan in’om etilgan?
– Dinlar bo‘lmaganida insoniyatning taqdiri nima bo‘lar edi?
– Bir dinning boshqa dinlardan ustunliklari bo‘lishi mumkinmi?
– Diniy va boshqa urushlar”ning asosiy sabablari nimada?
– Dinlar va ularning izdoshlari bilan oxir-oqibat nima bo‘ladi?

Bular, zamon ruhi javob berish uchun chuqur mulohaza yuritishni talab qiladigan savollarning bir qismidir.

“Darhaqiqat, din dunyo xalqlari uchun nurafshon nur hamda himoya va farovonlikning engilmas qo‘rg‘onidir… Gar dinning chirog‘i xiralashsa, tartibsizlik va sarosima boshlanadi, adolat va insof, tinchlik va osoyishtalik mash’allari o‘chadi”.

Bahoulloh 

Bir Ilohiy Manbadan kelib chiqqan jahon dinlari birlashtirgan asosiy ma’naviy qadriyatlar er yuzi xalqlarining yarashuvi va taraqqiyotining asosiy vositalarini o‘z ichiga oladi. Dunyo aholisining ko‘pchiligi tomonidan hurmatga sazovor va hokimiyatga ega bo‘lgan din rahbarlari ushbu konsepsiyalarning etakchi tarqatuvchisiga aylanishi mumkin.

Xo‘sh, jamiyatning ma’naviy-ijtimoiy rivojlanishida dinlarning o‘rni qanday?

Ushbu mavzuni o‘rganar ekanmiz, inson irqi yagona va o‘zaro bog‘liq ekanligi dalilini tan olishdan boshlashimiz zarur. Darhaqiqat, insoniyat – bu yagona biologik tur bo‘lib, u cheksiz xilma-xil jismoniy xususiyatlarga ega bo‘lgan, turli jamiyatlar va madaniyatlarni yaratib, yagona noyob sayyorada yashaydigan odamlar tomonidan ifodalanadi. Dunyoni larzaga keltirgan koronavirus pandemiyasiga xolis baho berish borlig‘imizning ana shu o‘zaro bog‘liq jihati – asosiy insoniy birligimiz va o‘zaro bog‘liqligimizni yaqqol namoyon etadi.

“Dinning maqsadi, …bani-bashar o‘rtasida birlik va hamjihatlikni o‘rnatish; uni dushmanlik va parokandalik manbaiga aylantirib yubormang”. 

Bahoulloh

Din rahbarlari uni bir tomondan haddan tashqari ortodoksal kuchlaridan, ikkinchi tomondan, ma’naviyatni butunlay rad etishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Ma’naviy-jtimoiy rivojlanish ma’lum bir asosiy tamoyillarda yakdillikka bog‘liqdir. Bu ma’naviy tamoyillar insoniyatga aql-idrok ruhiga zid bo‘lmagan, asosiy quroli inson ongi bo‘lgan, bizni ajratib turadigan sun’iy to‘siqlardan xoli harakat qilish imkonini beradi. Binobarin, rivojlanish sa’y-harakatlari biz yaratmoqchi bo‘lgan jamiyat turi va global hamjamiyat haqidagi qarashga asoslanib, umuminsoniy qadriyatlar majmui bilan ilhomlantirilishi kerak. Biz insoniyat oilasining xilma-xilligini ulug‘lash bilan birga, bid’at va eksklyuzivlikning barcha shakllarini yo‘q qilishni targ‘ib qilishimiz kerak; biz har bir shaxsning haqiqatni mustaqil o‘rganish huquqini himoya qilishimiz kerak; biz so‘zda va amalda erkak va ayol tengligini ishtiyoq bilan himoya qilishimiz kerak; ilm-fan va din hamohangligi tarafdori bo‘lishimiz kerak; har bir inson yashirin qobiliyatlarga ega ekanligini tan olib, shuning uchun har bir kishi, ayniqsa, keyingi avlodlarning birinchi murabbiylari bo‘lgan qizlar ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak; biz tinchlik va adolatning jasoratli kurashchisi bo‘lishimiz kerak.

Turli xil e’tiqodlarning asosiy doktrinalarini xolisona o‘rganish nafaqat bizning insoniyatning xilma-xilligiga nisbatan bag‘rikenglik munosabatimizni kuchaytirishi, balki har bir ta’limotni har tomonlama ko‘rib chiqishi va unda barchamizni birlashtira oladigan haqiqat marvaridlarini topishi mumkin.

O‘z voqe’liklarimiz haqida fikr yuritar ekanmiz, biz O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida e’tiqod erkinligi mustahkamlab qo‘yilgan mamlakatda yashayotganimizni ta’kidlamasak bo‘lmaydi. Davlatimiz mustaqillikka erishgani va qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun sharofati bilan ro‘yxatdan o‘tgan har bir diniy jamoa yoki jamiyat huquqiy maydonda bo‘lib, davlatning to‘g‘ri munosabati va himoyasiga tayanishi mumkin.

Din erkinligi shunday bir ne’matki, uni yetarli darajada baholash ham qiyin. Bu muhim yutuq bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Adliya vazirligi ishtirokida ko‘p konfessiyali jamiyatimizning bag‘rikenglik va tinch-totuv yashashi masalalariga bag‘ishlangan seminar va davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bunda Islom universitetining ham o‘rni katta, fursatdan foydalanib, mehmondo‘stlik va bunday tadbirlarni o‘tkazish uchun joy ajratgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu makonlar jahon hamjamiyati doimo duch kelayotgan sinovlar oldida tinchlik, insonparvarlik va ma’naviy merosni asrab-avaylashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy qarashga erishish va konfessiyalararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Umumiy diniy tamoyillar, jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyoti bog‘liq bo‘lgan poydevordir. Bahoullohning
 “barcha insonlar abadiy rivojlanib boruvchi tamaddunni ilgari surish uchun yaralganlar” degan bayonoti, jamiyatimiz va butun insoniyat oilasining tinchligi, farovonligi va hamjihatligiga har birimizning hissa qo‘shish mas’uliyatimiz va majburiyatimiz borligini anglatadi.

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan