Skip to content Skip to footer

Bahoiy jamoasining millatlararo va dinlararo munosabatlarni saqlash tajribasi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan islohotlarini, shuningdek, yangilangan, obod va farovon tolerant jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini O‘zbekiston Bahoiy jamoasi ham olqishlaydi va to‘liq qo‘llab- quvvatlaydi.

Bahoiy dinining ma’naviy tamoyillaridan biri – kamtarlik va shogirdlik mavqeining namoyon bo‘lishida. Bu shuni anglatadiki, kelishmovchilik va muhokamalarni chetga surib, barcha dinlar izdoshlari bilan do‘stlik va muhabbat ruhida muloqot qilishga chaqiramiz. Agar barchamiz o‘z e’tiqodlarimizning o‘ziga xosligini talab qilish o‘rniga, kamtarlikni namoyon qilsak, bu holda biz bir-birimizdan o‘rganishni boshlaymiz.

Bahoiy jamoasining dinlararo muloqotga bo‘lgan tarafdorligi, do‘stona muloqot – birlikni mustahkamlashga ishonishdan kelib chiqadi. Bahoiylar turli darajadagi odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda umumiy yo‘lni – yaxshiroq dunyoni birgalikda yaratish yo‘lini topishga intiladi. Barchamiz hamma uchun ochiq bo‘lgan kuchli va birlashgan jamiyat qurish istagidamiz. Bunday jamiyat o‘z a’zolarining xilma-xilligidan kuch topadi. 20 asrning boshida, Bahoiy E’tiqodining asoschisi Bahoullohning vorisi va to‘ng‘ich o‘g‘li Abdul-Baho shunday deb yozgan edi:

“Hech kimni begona deb hisoblamang. Har bir kishini do‘st deb biling, chunki muhabbat va birdamlik farqlar yoki kelishmovchiliklarga katta ahamiyat beriladigan joyda bo‘lishi mumkin emas. Har bir jonzot Xudoning belgisidir va faqat Rabbiyning inoyati va Uning irodasi bilan bu dunyoga keladi; shuning uchun insonlar orasida begona odamlar yo‘q, zero ularning barchasi bir oilaning a’zolari; begona odamlar yo‘q, faqat do‘stlar bor va biz hammani o‘zimizga yaqin deb bilishimiz kerak”.

Bugungi kunda yer yuzida dinlararo va millatlararo harakatlar, bizning zaminimizda turli din va millat vakillari o‘rtasida muloqotni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. Dinlararo hamkorlik harakati jahon diniy jamoalari o‘rtasida birdamlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Odamlar bu harakat yanada uzoqqa borishi, eng muhim muammolarni hal qilishda insoniyatning yuqori darajadagi birlikka erishishiga yordam berishini tobora ko‘proq tushunmoqdalar.

Bahoiylar uchun barcha mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda konfessiyalararo faoliyatda ishtirok etish so‘nggi yillarda chuqur mulohaza yuritishga sabab bo‘ldi. Konfessiyalararo muloqot uchun yaratilgan forumlarning salohiyati qanday? Bugungi kunda mazkur harakatning maqsadlari va umidlari qanday? Jamiyatimizning farovonligida dinning roli qanday? Ruhiy tamoyillarga asoslangan, biroq, undan-da oldinga intilayotgan va bu tamoyillarni hozirgi alg‘ov-dalg‘ov dunyoning murakkab jihatlarida qo‘llanishini o‘rganayotgan diskurslarda qanday ishtirok etishimiz mumkin?

Dinni ko‘rib chiqishning usullaridan biri, uni bir din yoki mazhabdan tashqariga chiqadigan hodisa deb hisoblashdir. Dinlararo muloqotda ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri, bu umumiy tamoyillarni ishlab chiqish va ularni qo‘llashda tajriba almashishdir. Asosiy vazifa – tinch va adolatli jamiyatga intilish. Shu ma’noda, dinni jamiyat rivojlanishiga yordam beradigan g‘oyalar va qadriyatlarni taklif qiluvchi bilim va amaliyotlarning rivojlanayotgan tizimi sifatida ko‘rish mumkin.

Mamlakatimizda din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarligi ostida barcha din vakillari bo‘lgan dinlararo Kengashning shakllanishi, albatta, bu jarayonni sezilarli darajada rivojlantirishga yordam beradi. Dinlararo faoliyatni rivojlantirishda vaqt va resurslarni investitsiya qilishni yuqori baholaymiz. Biz sekin-asta o‘rganayapmiz. Nimalar sodir bo‘layotganini tushunish uchun biz bir-birimizni tinglash, fikrlash va muloqot qilishni o‘rganayapmiz. Bunday sharoitda hammamiz uchun umumiy bo‘lgan narsalarga tayanish muhimdir, – bu umumiy narsalar esa bizda juda ko‘p. Hozirda dinlararo faoliyat turli shakllarni olayapti. Ayrim guruhlar, avvalo o‘zaro do‘stlikka intilayapti, boshqalari esa jamiyatdagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratayapti.

Biz borgan sari diniy rang-baranglikni anglab borayapmiz va fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm) mavjud bo‘lgan jamiyatni rivojlantirishga intilayapmiz. Dinlararo dialog mamlakatimizni kelajagiga umumiy nigoh bilan qarashni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Bahoiy jamoalari, dinlararo faoliyatning rivojlanayotgan muloqotidan tashqari, yangi ufqlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ular jamiyatimizni o‘zgartirish jarayonlarini yanada chuqurroq o‘rganishga intiladi va gender tengligini kuchaytirish, oila institutini mustahkamlash, ekologiya, yosh avlodning axloqiy tarbiyasini yaxshilash borasida fuqarolik jamiyati va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Muayyan millat yoki dinni rad etish odatda xurofotga asoslanadi. Xurofotlar – taraqqiyot va odamlar farovonligiga qo‘rqinchli to‘siqni hosil qiladi. Dindorlarni tarbiyalash jamoa ishining juda muhim elementidir, chunki jaholat xurofotning asosiy sababidir. Jaholat – zulmning bir ko‘rinishi; shuningdek, u jamiyat birligiga erishishga to‘sqinlik qiluvchi xusumat devorlarini ham mustahkamlaydi. Biz befarq bo‘lmaganlar doirasini kengaytirish orqali oldinga harakat qilishni davom ettirishimiz kerak. Faqat bo‘shliqlarni bartaraf etib va yonma-yon ishlash orqali jamiyatning haqiqiy muammolarini hal qilishda umumiy maqsadga erisha olishimiz mumkin. Ushbu yangi konteksda din ilhom manbai va odamlarni birlashtiradigan chashma bo‘lishi mumkin. U dindorlarni ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan o‘z vataniga xizmat qilishga va yangi, farovon jamiyat qurishga chaqirishi mumkin!

Siz bilan muloqat qilishdan mamnunmiz
Manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Boyqorg’on MFY, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 
38A-uy

Elektron pochta
Telefon raqam

+998-71-268-27-12

www.bahai.uz   Barcha huquqlar himoya qilingan